Xalqimiz mehmondoʻst xalq. Dasturxonidan albatta pista bodomu, yongʻoq, mayiz arimaydi. Ayniqsa, yongʻoq bilan mayiz koʻp isteʼmol qilinadi. Mayizga quvvat beruvchi, qon koʻpaytiruvchi quruq meva sifatida, yongʻoqqa xotirani kuchaytiradigan meva sifatida qaraladi. Ammo har qanday mahsulotni meʼyordan ortiq isteʼmol qilish albatta zararli boʻladi.

Sutkada 60 grammdan ortiq boʻlmagan miqdorda yongʻoq isteʼmol qilish tavsiya etiladi. Bu haqda “AiF”ga Federal ovqatlanish va biotexnologiya ilmiy markazining ovqatlanish mutaxassisi, tibbiyot fanlari nomzodi Natalya Denisova oʻz fikrlarini aytdi.

Mutaxassisning soʻzlariga koʻra, yuz gramm yongʻoq - 500-600 kaloriya boʻlib, bu keragidan ortiq miqdor deb hisoblanadi. Bunday miqdor oshqozon va ichakda noxush alomatlarni keltirib chiqarishi mumkin, deydi shifokor.