Maʼlum qilinishicha, mazkur mansabdor S.A. “I.G.A.S. ” MCHJga qarashli AYOQSHda oʻtkazilgan tekshirish yakuni boʻyicha mazkur shoxobcha faoliyatini tiklab berish, “B.A.Y.Q.” MCHJga qarashli AYOQSHga faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish, 2024-yilda nazorat organlari tomonidan tekshirish eʼlon qilinganda, unga oldindan xabar berish evaziga 100 000 AQSH dollari pora talab qilgan.
Joriy yilning 28-dekabr kuni Buxoro viloyati prokuraturasi, Departament, IIB va DXX viloyat boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda Buxoro shahar tugʻruq kompleksi yonida kimyoviy ishlov berilgan 50 000 AQSH dollarini pora tariqasida olgan vaqtida ushlandi.
Mazkur holat boʻyicha S.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Hozirda mazkur jinoyat ishi boʻyicha Buxoro viloyati prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.