Bojxona organlari tomonidan yashirin iqtisodiyotga chek qoʻyish maqsadida hamda yurtimizga noqonuniy yoʻllar bilan dori-darmonlarni kirib kelishiga qarshi tezkor tadbirlar muntazam oʻtkazilib kelinmoqda.
Jumladan, qoʻshni mamlakatdan Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Gʻishtkoʻprik” chegara bojxona postiga piyoda holda kirib kelgan fuqaro A.U.ning qoʻl yuklari bojxona koʻrigidan oʻtkazilganida, uning sumkasi ichidan, ogʻzaki soʻrovda maʼlum qilinmagan va yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida yozib koʻrsatilmagan, umumiy qiymati 52,3 million soʻmlik jami 102 dona “UNICAMEL” nomli bialogik aktiv qoʻshimcha tovarlari borligi aniqlandi.
Yana bir holatda “Gʻishtkoʻprik” chegara bojxona postiga qoʻshni mamlakatdan kirib kelgan fuqaro B.A.ning qoʻl yuklari bojxona koʻrigidan oʻtkazilganida, uning sumkasi ichida ogʻzaki soʻrovda maʼlum qilinmagan va yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida yozib koʻrsatilmagan, umumiy qiymati 50,2 million soʻmlik, jami 98 dona “UNICAMEL” va “UNI BALM” nomli biologik faol qoʻshimchalar borligi aniqlandi.