Bu haqida Maktabgacha va maktab taʼlimi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-dekabrdagi “2026-yilda rasmiy sanalari nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish toʻgʻrisida”gi farmoniga muvofiq, 9-may — Xotira va qadrlash kuni bayrami munosabati bilan dam olish kuni ko‘chirilgan.

Hujjatga koʻra, besh kunlik ish haftasida faoliyat yurituvchi xodimlar uchun 2026-yil 9-may — shanba kuniga toʻgʻri kelgan dam olish kuni 11-may — dushanbaga ko‘chiriladi.

Shunga asosan:

  • 2026-yil 11-may kuni umumtaʼlim maktablarida oʻquv jarayonlari tashkil etiladi. Bu kunda 11 may uchun belgilangan dars soatlari oʻtiladi. Boshlangʻich sinf oʻquvchilari esa bundan mustasno hisoblanadi.
  • Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida esa 11-may kuni dam olish kuni deb belgilangan.

Maʼlum qilinishicha, nodavlat taʼlim muassasalarida dam olish kunlari ichki tartib-qoidalar asosida belgilanadi.