AOKAda oʻtkazilgan brifingda “Mahalla” xayriya jamoat fondi axborot xizmati rahbari Hasan Salomov bu haqda maʼlum qildi. Jumladan:
- 12 ming gektarga yaqin maydonni obodonlashtirish rejalashtirilmoqda. 11 ming tonnaga yaqin maishiy va qurilish chiqindilari chiqarib tashlanib, 1300 kilometrdan ziyod ariq va lotoklar tozalanadi.
- Bu yilgi hashar doirasida ham 8 ming 500 dan ziyod qabristonlar 400 ga ziyoratgohlar obodonlashtiriladi.
- 1 million tupga yaqin manzarali, 500 ming tupdan ziyod mevali daraxt koʻchatlari oʻtqazilishi rejalashtirilgan. Aholiga homiylik mablagʻlari hisobidan mevali va manzarali daraxt koʻchatlari bepul yetkazib beriladi. Shuningdek, hashar doirasida 2 million tupdan ziyod gul koʻchatlarini ekish koʻzda tutilmoqda.
- 5 mingga yaqin oilalarning uy-joylari taʼmirlab beriladi. Buning uchun 1 milliard 300 million soʻmdan ziyod mablagʻ sarflanadi.
- 2 mingdan ziyod imkoniyati cheklangan yurtdoshlarimiz hamda yakka-yolgʻiz keksalar holidan xabar olinadi. 7 mingdan ziyod ehtiyojmand oilalarga moddiy yordam koʻrsatiladi. Buning uchun jami 2 milliard soʻmdan koʻproq mablagʻ yoʻnaltiriladi.
Shuningdek, hashar doirasida hududlarda yangi mahalla binolari va tadbirkorlik subyektlarini foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.
Hashar doirasida boshqar turdagi jamoat ishlari, shu jumladan, qurilish-taʼmirlash va qishloq xoʻjaligi ishlariga jalb etish taʼqiqlanadi. Shuningdek avtomobil yoʻllari, harakatlanish tigʻiz boʻlgan koʻchalar, suv obyektlari, qirgʻogʻboʻyi hududlarlarda ixtiyoriy tashabbus bilan tadbirlar oʻtkazish taʼqiqlanadi. Ish beruvchilar tomonidan xodimlarni hasharga majburiy jalb etishga yoʻl qoʻyilmaydi.