Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bektemir tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro S.E 2018-2021-yillarda Toshkent shahri boʻyicha Gʻaznachilik boshqarmasida turli lavozimlarda ishlagan davrida, 11 nafar xodimning nomiga ularning xabarisiz 2 ta tijorat bankidan jami 212 mln soʻm mikroqarz ajratilishiga erishib, kredit mablagʻlarini oʻzining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab, talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.