Deputatlar tomonidan “Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kunini belgilash toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi birdaniga uch oʻqishda qabul qilingan. Mazkur qonun bilan 11-noyabr Oʻzbekistonda kasaba uyushmalari kuni sifatida belgilanmoqda.

Endi qonun Senatning navbatdagi yigʻilishida koʻrib chiqilib, tasdiqlash uchun prezidentga yuboriladi.

Maʼlumot uchun, bu kabi bayramlar Avstriya, AQSH, Gretsiya, Indoneziya, Kanada, Latviya, Singapur, Fransiya, Xitoy, Shveysariya kabi davlatlarda, shuningdek, Qozogʻiston, Qirgʻiziston kabi MDH davlatlarida nishonlanib kelinmoqda.