BMT Bosh Assambleyasining 2011-yil 19-dekabrdagi rezolyutsiyasiga asosan, 11-oktyabr “Xalqaro qizlar kuni” deb e'lon qilingan.

Ushbu sanani BMTga a'zo davlatlar, xalqaro tashkilotlar, fuqarolik jamiyatining turli tuzilmalari keng nishonlashi an'anaga aylangan. Shu kuni dunyo bo'ylab qizlarning hayot tarzi, yashash sharoitlari, huquq va erkinliklari bilan bog'liq holatlarni kengroq o'rganish tavsiya etiladi. Shuningdek, qizlarning kamsitilishi bo'yicha og'riqli muammolar tilga olinadi.

Xalqaro Qizlar kuni jamoatchilik e'tiborini qizlar duch keladigan muammolarni hal qilishga qaratishi bilan yanada ahamiyatlidir.