Aʼzamjonga yoʻllagan rasmiy maktubda unga yiliga 30 000 AQSH dollar, 4 yilga 120 ming AQSH dollarga teng Widener universiteti Prezident stipendiyasi taqdim etilishi maʼlum qilingan. Shuningdek, Aʼzamjon Aʼlamovga yiliga 3000 dollar miqdorida global rivojlanish stipendiyasi topshirilishi ham bildirilgan. Shu tarzda Aʼzamjonga toʻrt yil davomida beriladigan stipendiyaning umumiy miqdori 132 000 AQSH dollarni tashkil qiladi.
Aʼzamjon Aʼlamov oʻzi tanlagan yoʻnalish - axborot texnologiyalari boʻyicha AQSHning Widener universitetida taʼlim olishni maqsad qilgan.
Iqtidorli va isteʼdodli oʻquvchi Aʼzamjon Aʼlamovga kelgusida bundan-da yuqori natijalar tilaymiz!