“Dunyo” AAning xabariga koʻra, Oʻzbekistonning Qatardagi elchixonasi tomonidan yoʻl-transport baxtsiz hodisasi oqibatida vafot etgan yurtdoshimizning dafn marosimini tashkil etishda amaliy yordam koʻrsatildi.
Aytilishicha, bu haqdagi maʼlumot kelib tushishi bilan diplomatik vakolatxona tomonidan Qatarning tegishli davlat idoralari bilan hamkorlikda tezkor zarur tashkiliy va huquqiy masalalarni hal etish choralari koʻrildi.
Marhumning oila aʼzolariga har tomonlama amaliy yordam koʻrsatilib, dafn marosimini tashkil etish masalalari ular bilan yaqin hamkorlikda tashkil etildi.
Mintaqada yuzaga kelgan mavjud vaziyat hamda transport-logistika bilan bogʻliq cheklovlar inobatga olingan holda, marhumning jasadi oilasining roziligi bilan barcha milliy va diniy anʼanalarga muvofiq ravishda Qatar davlatida dafn etildi.