Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bergan ma'lumotlarga ko'ra, bugungi kunga qadar respublikaning 60 ta vazirlik va idoralari hamda 206 ta tuman (shahar) hokimliklaridagi mavjud 7 094 ta vakant lavozim uchun tanlov e'lon qilinib, 112 mingdan ortiq nomzodlar ishtirok etgan.
eng ko'p vakant lavozimlar uchun tanlovlar Davlat soliq qo'mitasi (1 211 ta), Moliya vazirligi (1 053 ta), Xalq ta'limi vazirligi (962 ta), Qishloq xo'jaligi vazirligi (703 ta) tizimida tashkil etildi.
Vazirlik va idoralarning markaziy apparatida 671 ta tanlov o'tkazilgan bo'lsa, hududlar kesimida Qoraqalpog'iston Respublikasida — 245 ta, Andijon viloyatida — 510 ta, Buxoro viloyatida — 523 ta, Jizzax viloyatida — 442 ta, Qashqadaryo viloyatida — 366 ta, Navoiy viloyatida — 670 ta, Namangan viloyatida — 467 ta, Samarqand viloyatida — 657 ta, Sirdaryo viloyatida — 572 ta, Surxondaryo viloyatida — 356 ta, Toshkent viloyatida — 481 ta, Farg'ona viloyatida — 405 ta, Xorazm viloyatida — 283 ta, Toshkent shahrida — 446 ta vakansiyaga ochiq tanlov tashkil etilgan.
Bugungi kunga qadar ishga qabul qilinganlardan 734 nafari (38%) — 30 yoshgacha bo'lgan kadrlar, 298 nafari (15%) davlat xizmatiga birinchi marta qabul qilinganlarni tashkil etadi.