1961-yil 12-aprelda Yuriy Gagarin “Vostok” kosmik kemasida dunyoda birinchi boʻlib Yer orbitasi boʻylab parvozni amalga oshirgan. 108 minut davom etgan parvoz insoniyatning kosmosni oʻrganish tarixida yangi davrni boshlab bergan. Ushbu voqelik sabab sobiq Sovet ittifoqida 1962-yildan 12-aprel kosmonavtika kuni sifatida nishonlangan.

BMT Bosh assambleyasining 2011-yil 7-apreldagi rezolyutsiyasi bilan esa mazkur sana Butunjahon aviatsiya va kosmonavtika kuni sifatida nishonlab kelinmoqda.