Tashkilotning ochilish marosimida soʻz olganlar mahalliy aholini, qolaversa, tashkilot xodimlari va jajji tarbiyalanuvchilarni yangi bino bilan tabriklab, ushbu muassasadan kelgusida jamiyatimiz rivojiga munosib hissa qoʻshadigan ajoyib kadrlar yetishib chiqishiga ishonch bildirdi.

Ayni vaqtga kelib tumanda jami 105 ta, shundan 30 ta davlat, 66 ta oilaviy nodavlat, 9 ta davlat xususiy sherikchilik asosida maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyat olib bormoqda. Hozirgi kunga kelib bolalarning maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qamrovi 60 foizga yetishiga erishildi.

Minajatdin QUTLIMURATOV,

Yangi Oʻzbekiston muxbiri