Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “T.N.” oilaviy korxonasi rahbari F.G. hududiy tijorat banki filialining sobiq masʼul shaxslari bilan oʻzaro til biriktirib, korxonaga 2019-yilda ajratilgan kredit taʼminoti uchun garovga qoʻyilgan mehmonxona binosini qayta garovga qoʻyib, sunʼiy ravishda qimmat narxda baholatib, qoʻshimcha bino qurish uchun yana 900 mln soʻm kredit ajratilishiga erishib, bank filialining jami 1,3 mlrd soʻm kredit mablagʻini oʻzlashtirish va rastrata qilish yoʻli bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish), 192-11-moddasi (nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan oʻz vakolatlarini suiisteʼmol qilish) va 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.