Xorijdan bojxona postiga 2 ta yuk konteynerida ogʻirligi 52 tonnadan ziyod yuk hujjatlariga koʻra “payvandlash elektrodlari” deya koʻrsatilgan tovarlar “sariq” yoʻlak asosida rasmiylashtirilib, bojxona omboriga joylashtiriladi.

Ammo keyingi tekshiruvlar natijasida ushbu tovarlar orasida bojxona yuk deklaratsiyasi va yuk kuzatuv hujjatlarida umuman qayd etilmagan qiymati 1 mlrd 387 mln. soʻmlik 33,4 tonna burama mixlar borligi aniqlandi.

Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, mazkur tovarlarga 475,8 mln.soʻm miqdorida bojxona toʻlovlari hisoblandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.