Asaka tumanida faoliyat yurituvchi MCHJga neft mahsulotlarini ulgurji sotish bilan shugʻullanishi uchun litsenziya olishda zarur boʻladigan xulosa tayyorlab berish evaziga 3 ming AQSH dollari va litsenziya olib berish uchun “Oʻzneftgazinspeksiya”da ishlovchi tanishiga 10 ming AQSH dollari berishi kerakligini aytib, MCHJ taʼsischisidan 13 ming AQSH dollari talab qiladi.
Davlat xavfsizlik xizmati va viloyat prokuraturasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda mazkur mansabdor shaxs soʻralgan pul mablagʻini oʻzining boʻysinuvida boʻlgan xodim orqali olgan vaqtda ularning noqonuniy harakatlariga chek qoʻyildi.
Hozirda holat yuzasidan ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.