Voqea o'tgan hafta sodir bo'lgan. Uayatt Kaufman ismli bolani qutqarish uchun maxsus xizmatlar taxminan ikki soat vaqt sarfladi. O'smir tosh ustida sirg'alib, Brayt-Endjel-Poynt so'qmog'idan – deyarli 30 metr balandlikdan tushib ketgan.

O'smir zudlik bilan shifoxonaga yetkazilgan. Unga to'qqizta umurtqa suyagi va qo'l sinishi, taloq yorilib ketishi, miya chayqalishi, o'pkaning zararlanishi, barmoqning chiqib ketishi tashxisi qo'yildi. Bola tibbiy muassasasidan davolanib chiqdi, deb xabar beradi mir24.tv.