Yuk mashina haydovchisining boshqaruvni yoʻqotishi natijasida avtomobil yoʻl chetiga chiqib, agʻdarilgan. Hodisada haydovchiga jarohat yetmagan, ammo, yuk mashinada zotdor qoʻylar qolib ketgan.

Voqea joyiga zudlik bilan Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yongʻin-qutqaruv guruhi yetib kelgan. Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida yuk avtomobilining tirkamasi maxsus uskunalar yordamida ochilib, 130 bosh zotdor qoʻylar qutqarildi. Afsuski, yoʻl transport hodisasida ushbu hayvonlarning bir qismi nobud boʻlgan, deb xabar beradi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.