135 ta turizm mahallasi tematik turizm qishloqlariga aylantiriladi

    Turizm 19 Sentabr 2022 1023

    Yigʻilishda infratuzilma masalasi haligacha dolzarb boʻlib qolayotgani taʼkidlandi.

    Ushbu masalalarni hal etish uchun 200 milliard soʻm ajratilsa, kamida 3 million turistni jalb qilish mumkin.

    Shu munosabat bilan mutasaddilarga:

    viloyat hokimlari bilan birga bir oy muddatda turizm mahallalarida yoʻl, elektr, suv va internet muammosini hal etish boʻyicha hukumat qarorini kiritish;

    ushbu dasturni moliyalashtirishga yiliga 200 milliard soʻm ajratish;

    yil yakunigacha oilaviy mehmonxonalarni koʻpaytirish uchun oilaviy tadbirkorlik dasturlariga qoʻshimcha 500 milliard soʻm yoʻnaltirish;

    kelgusi yil 1-aprelga qadar Koreya tajribasi asosida 135 ta turizm mahallasini tadbirkorlarga boshqaruvga berib, ularni tematik turizm qishloqlariga aylantirish topshirildi.