Mazkur tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtgan fuqarolar Rossiyada vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun yuborilmoqda.
Ana shunday fuqarolardan 139 nafari Omsk viloyatidagi «Limakmaraщstroy» masʼuliyati cheklangan jamiyatida ishlash uchun Toshkent xalqaro aeroportidan joʻnab ketdi.
Rossiyada ishlash uchun ketayotgan yurtdoshlarimizga aeroportda tegishli tushuntirishlar berilib, mehnat migrantlari huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan materiallar tarqatildi.
Yurtdoshlarimiz belgilangan epidemiologik talablar va karantin cheklovlariga rioya qilgan holda qurilish obyektlarida ish boshlaydi, deb xabar beradi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati.