Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qorakoʻl tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda tumandagi “Q.N.” MCHJning moddiy javobgar shaxslari oʻzlariga ishonib topshirilgan 1,4 mlrd soʻmlik 4 231 ta chorva mollarini rastrata qilish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari, shuningdek MCHJ sobiq rahbari F.D. taʼsischilarning xabardorligisiz soxta maʼlumotlar rasmiylashtirib MCHJ binosini “F.F.” MCHJga bank muassasasidan ajratilgan 550 mln soʻm kreditiga garov taʼminotiga qoʻyib yuborganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.