Musobaqada 65 kg vazn toifasida yurtimiz vakili finalda tailandlik Bunjong Sinsiriga qarshi ringga koʻtarildi.

Uch raund davom etgan keskin bahsda Abdulloh Madaminov hakamlarning yakdil qarori bilan gʻalaba qozonib, 5:0 hisobida oltin medalni qoʻlga kiritdi.