Xabarda aytilishicha, joriy yilning 15-16-yanvar kunlari Oʻzbekiston hududiga Turkmaniston orqali Eron hududlaridan quruq va nam havo massasi, shuningdek, Volgaboʻyi hududlaridan nisbatan sovuq havo massasi kirib kelmoqda.

15-16 yanvarda respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol kuchayishi kutilmoqda, jumladan:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Toshkent, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida 17-22 m/s gacha;

Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax viloyatlarida 17-22 m/s gacha, ayrim joylarda 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

18 yanvarda Surxandaryo, Fargʻona, Namangan, Andijon viloyatlarida xam shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

15-18 yanvarda respublika boʻyicha vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, togʻli hududlarda yogʻingarchilik boʻladi (yomgʻir, qor), baʼzi joylarda yongʻingarchilik kuchli boʻladi.

15 yanvar kuniga shamol tezligi tarqalishi xaritasi