Madaniyatga gʻamxoʻrlik qilish, madaniyat xodimlarining mehnatini qadrlash bugun har qachongidan ham dolzarb masalalardan biri boʻlib qoldi. Zero, madaniyatsiz hech bir jamiyat taraqqiy etmaydi.
86 yildan buyon 15-aprel kuni “Xalqaro madaniyat kuni” sifatida nishonlanadi. Bu kun 1935-yilning 15-aprel kuni qabul qilingan “Tarixiy yodgorliklar sanʼat va ilmiy muassasalarni himoya qilish” haqidagi xalqaro shartnoma bilan tasdiqlangan boʻlib, tarixda birinchi marta, madaniy meros va tarixiy obidalarni muhofaza qilish boʻyicha Rerix Pakti nomi ostida tashkil etilgan.