баннер
26 Mar 2025
13:44

    1,5 mlrd soʻmlik tibbiyot va dori vositalari, 8 150 quti tamaki mahsulotlari yoʻq qilindi

    Xalqimizda “qingʻir ish–keltirar tashvish” degan naql bor.

    Ayrim hollarda mana shu tamoyilni unutgan baʼzi kimsalar oʻz nafslarini ustun qoʻyib, xorijda ishlab chiqarilgan, sifatikafolatlanmagan mahsulotlarni yurtimizga olib kirishga urinmoqdalar.

    Yaxshiyamki, huquqni muhofaza qilish idoralar tomonidan bu kabi illatlarga qarshi kurashib,keskin choralar koʻrilmoqda. Jumladan, viloyat bojxona boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan oʻtgan yilning sentyabr oyida qingʻir yoʻllar orqali yirik miqdordagi dori va tamaki mahsulotlari noqonuniy aylanmasiga chek qoʻygan edilar.

    Majburiy ijro byurosi Namangan shahar boʻlimi, viloyat bojxona boshqarmasi hamda tegishli vakolatli organlar masʼul xodimlari hamkorligida huquqbuzarlardanolib qoʻyilgan tibbiyot vositalari, tamaki mahsulotlari sud qaroriga asosan tegishli tartibda yoʻq qilindi.

    Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 200-sonli “Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisida”gi qaroriga koʻra, tegishli organlar tomonidan tezkor tadbirlardavomida noqonuniy faoliyatdan olingan 887 turdagi 1,5 mlrd soʻmlik tibbiyot va dori vositalari, 76,7 million soʻmlik 8 150 quti tamaki mahsulotlari tegishli ravishda yoqib yuborish, toʻkish va sindirish orqali yoʻq qilindi.

    Bu kabi tadbirlar davom etmoqda.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech