Shunday boʻlsa-da, 2021-yil fevral oyidan 2022-yil oktyabr oyiga qadar 23.004.990 soʻm miqdorida aliment va moddiy taʼminot pullarini toʻlamasdan kelgan.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmatining xabar berishicha, B.R.ga JIB Oqdaryo tuman sudining 25.10.2022-yildagi qarori bilan B.R.ga MJtKning 47-4-moddasi 1-qismi bilan 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.
Fuqaro B.R. maʼmuriy tartibda qamoqqa olingan shaxslarni saqlash uchun moʻljallangan Maxsus qabulxonaga 25-oktyabr kuni olib borilgan.
Maxsus qabulxona ichida fuqaro B.R.ning ruhiy holati yomonlashishi (tutqanogʻi tutib qolgan) natijasida yiqilib, bosh qismi xona ichidagi devor burchagiga urilib, tan jarohati olgan.
U bilan bir xonada saqlanayotganlar, shuningdek maxsus qabulxona xodimlari unga zudlik bilan birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatishib, fuqaro RSHTYOIM Samarqand filialiga olib borilib, unga tibbiy yordam koʻrsatilgan.
Maxsus qabulxonaga keltirilgandan soʻng ham fuqaro xona ichida oʻziga-oʻzi gapirib, ruhiyatida buzilish boʻlgaligi sababli, Maxsus qabulxona boshligʻi xatiga asosan viloyat ruhiy kasalliklar shifoxonasiga uning ruhiy holatini tekshirish uchun yuborilgan.
28.10.2022-yil Urgut tumani “Halqobod” mahallasida joylashgan viloyat ruhiy kasalliklar shifoxonasida fuqaro vafot etgan.
Ayni damda holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Hozirda marhumning oʻlimi sababiga aniqlik kiritish maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi, IIB xodimlari va shifokorlarning harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvlari tayinlangan.