Kommunal xizmatlari, tabiiy gaz va elektr ta’minoti sohasida iste’molchilar bilan tuziladigan shatnomalar qonunchilik talablariga muvofiq rasmiylashtirilmasligi, buning oqibatida asossiz qarzdorliklar hisoblanayotganligi bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir, deyiladi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi xabarida. Qayd etilishicha, ushbu korxonalar tabiiy monopoliya subyektlari hisoblanadi.
Bugungi kunga qadar Qo‘mita tomonidan tabiiy monopoliya subyektlarining 250 dan ortiq shartnomalar o‘rganildi. O‘rganish natijalari shuni ko‘rsatdiki, 150 ta holat (shundan 45% gaz ta’minoti, 15% elektr energiya ta’minoti, 15% issiqlik energiyasi ta’minoti, 15% suv ta’minoti va 10% boshqa sohalarga tegishli) iste’molchilarning manfaatlariga va monopoliyaga qarshi qonunchilik talablariga zid ekani aniqlangan.
Buni bartaraf etish uchun Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar byerilgan.
Shu o‘rinda, O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faol iste’molchilarni muammolarni aniqlashda bevosita ishtirok etishga taklif qilmoqda.
"Takliflar bilan 71 207 47 00 raqamiga murojaat qilishingiz yoki info@antimon.gov.uz elektron manziliga yuborishingiz mumkin", – deyiladi xabarda.