Jumladan, Asaka tumanida yashovchi, 1987 yilda tugʻilgan, muqaddam firibgarlik bilan bogʻliq jinoyati uchun sudlangan fuqaro 100 va 200 ming soʻmlik qalbaki banknotlardan iborat, jami 297 mln soʻmlik qalbaki pulni shartli xaridorga 148 mln soʻmga sotgan vaqtda ashёviy dalillar bilan ushlangan.

Shundan soʻng tezkor tadbir davom ettirilib, uning yashash xonadoni koʻzdan kechirilganda, ushbu manzilda qalbaki banknotlar tayyorlashda foydalanilgan kompyuter, «Epson» rusumli printer, A4 hajmdagi maxsus qogʻozlarga chop etilgan yarim tayyor holatdagi 50 va 100 ming soʻmlik kupyuralar hamda qogʻoz kesuvchi uskunalar protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Hozirda DXX Toshkent shahar boʻyicha boshqarmasi tomonidan mazkur fuqaro va boshqa shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 176-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Tergov harakatlari doirasida uning jinoyiy aloqalarini aniqlash boʻyicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.