Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi «Kazinform» maʼlumotlariga tayanib xabar berdi.
Qozogʻiston hukumati qaroriga muvofiq, elektron ruhsatnoma xorijiy fuqarolar uchun moʻljallangan maxsus raqamli platforma orqali bepul rasmiylashtiriladi. Ariza mamlakatga kirish rejalashtirilgan sanadan kamida 72 soat oldin topshirilishi lozim. Ruhsatnomaning amal qilish muddati 180 kalendar kunni tashkil etadi.
Yangi tizim bosqichma-bosqich joriy qilinadi. Jumladan, 2026 yil 1 noyabrdan boshlab u Aqtao xalqaro aeroporti va toʻrtta avtomobil oʻtkazish punktida — Pavlodar viloyatidagi «Urlyutobe», Jambil viloyatidagi «Auxatti», Turkiston viloyatidagi «Atameken» hamda Jetisuv viloyatidagi «Nurli Jol» punktlarida qoʻllanila boshlaydi.
2027-yil 1-yanvardan tizim Ostona va Olmaota aeroportlarida, 1 martdan esa davlat chegarasidagi boshqa barcha oʻtkazish punktlarida amal qiladi.
Shu bilan birga, 2027-yil 1-iyulgacha elektron ruhsatnomaning yoʻqligi chet el fuqarolariga mamlakatga kirishni rad etish uchun asos boʻlmaydi.
Yangi talab vizasiz rejim doirasida Qozogʻistonda boʻlish muddatlariga taʼsir qilmaydi. Masalan, AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Yaponiya va Janubiy Koreya fuqarolari mamlakatda bir safar davomida 30 kungacha, 180 kunlik davr mobaynida esa jami 90 kundan koʻp boʻlmagan muddatda boʻlishlari mumkin.
Quyidagi toifadagi shaxslar elektron ruhsatnoma rasmiylashtirish talabidan ozod etiladi:
16 yoshga toʻlmagan bolalar;
65 yosh va undan katta shaxslar;
amaldagi Qozogʻiston vizasi yoki yashash guvohnomasiga ega boʻlganlar;
diplomatlar va rasmiy delegatsiyalar aʼzolari;
qarorda belgilangan boshqa toifadagi xorijiy fuqarolar.
Bundan tashqari, Qozogʻistonda shaxsiy identifikatsiya raqamini rasmiylashtirish jarayonida xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning mamlakatda boʻlish qonuniyligini tekshirish mexanizmini joriy etish ham taklif qilinmoqda.