Bu haqida “Oʻzstandart” agentligi bosh direktori Dilshod Sattorov maʼlumot berdi.

Agentlik huzuridagi departament xodimlari tomonidan 2021-yilning oʻtgan davridagi oʻrganishlar natijasida 1024 ta korxonadan 153 tasida meʼyoriy hujjatlarsiz, standartlar joriy etilmasdan mahsulot ishlab chiqarilayotgani maʼlum boʻldi.

Oʻrganilgan 391 ta oziq-ovqat sanoati korxonasidan 60 tasida, 189 ta yengil sanoat korxonasidan 58 tasida, 136 ta qurilish mahsulotlari korxonasidan 23 tasida, 136 ta qishloq xoʻjaligi mahsulotlari korxonasidan 9 tasida standartlar joriy etilmagani aniqlandi.

Mazkur korxonalarga mahsulotlar sifatini oshirish va xalqaro standartlarni joriy etishning ahamiyati yuzasidan tavsiya va amaliy koʻmak berildi. Korxonalar sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishi uchun zaruriy standartlar, jumladan, halqaro standartlar bilan taʼminlandi.