Kiberxavfsizlik markazining xabar berishicha, Oltiariq tumanida yashovchi 37 yoshli O.R. murojaat qilib, nomaʼlum shaxs plastik kartasidan 1 mln. 600 ming soʻm pullarini oʻzlashtirganligini maʼlum qilgan.

Oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, Sirdaryo viloyati Guliston shahrida yashovchi 16 yoshli Sh.Sh. telegram messenjeri orqali O.R. bilan suhbatlashib, pullarini bir zumda 2 barobar koʻpaytirib berishini aytib, messenjer orqali zararli havola yuborgan holda plastik karta maʼlumotlarini qoʻlga kiritib, pullarni oʻzlashtirganligi aniqlandi.

Sh.Sh.ga nisbatan OʻzR JKning 168- moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qonunga muvofiq, Sh.Sh. tomonidan sodir etilgan jinoiy harakatlar uchun besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.