"Respublika bo'yicha mavjud jami 10 008 ta umumta'lim maktabi va ixtisoslashtirilgan maktab internati quyidagi yoqilg'i manbalari orqali isitilmoqda:

3 310 tasi — tabiiy gaz;
23 tasi — suyuq yoqilg'i;
6 671 tasi — ko'mir (briket);
4 tasi — elektr toki.

Ularning isitilish turi quyidagicha:

▪️1 036 ta maktab — markazlashgan issiqlik tarmog'i orqali, 
▪️8 810 tasi — lokal isitish tarmog'i orqali;
▪️162 tasi — qo'lbola (burjuy) pechlar orqali.

Jami 1 196 ta maktab filialining 118 tasi — tabiiy gaz, 1 tasi — suyuq pech yoqilg'isi, 1 062 tasi — ko'mir (briket) yoqilg'isi, 15 tasi — elektr toki manbalaridan foydalanib isitiladi.

Qo'lbola pechlar orqali isitilayotgan maktablarda o'quvchilarning is gazidan zaharlanishi ehtimoli yuqori. CHunki qo'lbola pechlar sinf xonalarining ichki qismiga o'quvchilarga yaqin qilib o'rnatilgan".