Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi 17-avgustni shahar kuni deb eʼlon qilish va har yili ushbu bayramni keng nishonlash taklifini ilgari surdi.
Toshkent hokimligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi 17-avgustni shahar kuni deb eʼlon qilishni taklif qildi.
“17-avgust — Toshkentning poytaxt sifatida tavallud kuni. Shahar kunini belgilash haqida gap-soʻzlar anchadan beri yuradi — Toshkent hanuz oʻz bayramiga ega emas”, deyiladi kengash xabarida.
Bayramni har yili 17-avgustdan keyingi yaqin yakshanba kuni keng nishonlash taklif etildi.
Maʼlumot uchun, 90 yil oldin, 1930-yil 17-avgustda Oʻzbekiston poytaxti Samarqanddan Toshkentga koʻchirilgan.
Bugungi kunda Oʻzbekistonning Samarqand, Fargʻona, Olmaliq va boshqa shaharlarida shahar kuni nishonlab kelinadi.