Mamlakatimizda barcha sohalar kabi pul`monologiya sohasi ham  kun sayin takomillashib bormoqda.

Sir emas, o'tgan yillar davomida  Ftiziatriya va pul`monologiya xizmatlarining integratsiyalashuvi etarli darajada emasligi respirator kasalliklarga zamonaviy tashxis qo'yish va ularni davolash usullarini amaliyotga samarali tatbiq etishga imkon bermayotgandi. Xususan, «Ftiziatriya» va «pul`monologiya» mutaxassislarini tayyorlash va malakasini oshirish tizimi zamon talablariga javob bermasligi natijasida  hududiy muassasalarda  ftizioxirurg, ftiziourolog, ftizioortoped, ftiziooftalmolog, ftizioginekolog, ftiziopediatr, shuningdek pulmonolog kabi malakali mutaxassislarga ehtiyoj oshib borayotgan edi.

 Ayniqsa, ftiziatriya muassasalari moddiy-texnik bazalarining etarli emasligi, tibbiy jihozlar va texnikalar kamligi bois, sil kasaliga chalingan bemorlarga o'z vaqtida, to'liq va sifatli tibbiy yordam ko'rsatishning iloji bo'lmas edi.

Mamlakatimizda  ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pul`monologiya yordami ko'rsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida zbekiston Prezidentimizniing 2019 yil 13 fevral PQ-4191-sonli  qarori e'lon qilinganidan keyin Respublikamiz  aholisi salomatligini muhofaza qilish va sil infektsiyasidan himoyalashning aniq maqsadlarga yo'naltirilgan  amaliy  chora-tadbirlariga  katta  e'tibor qaratilib,  sil va o'pkaning nospetsifik kasalliklari tarqalishining oldini olish, barqaror sanitariya-epidemiologiya holatini saqlab turish bo'yicha sezilarli ishlar amalga oshirildi.

Qarorda belgilab berilgan muhim  chora tadbirlar qatorida sil va o'pkaning nospetsifik kasalliklarini profilaktika qilish, o'z vaqtida tashxislash va davolashga yo'naltirilgan fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar bo'yicha ilmiy tadqiqotlarning muvofiqlashtirilishini ta'minlashga katta e'tibor qaratildi.

2019 — 2021-yillarda sil va o'pkaning nospetsifik kasalliklari tarqalishiga qarshi kurashish kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilib,

O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Sog'liqni saqlash vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda xorijiy davlatlar, xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kreditlari (qarzlari)ni, grantlarini ushbu qarorda tasdiqlangan harakatli dasturlar ijrosiga kirishildi.

Prezident qarori ijrosini ta'minlash maksadida 2019-yil Toshkent Tibbiyot Akademiyas ning ftiziatriya kafedrasi qoshida ftiziatriya va pul`monologiya kafedrasi tashkil etildi. 2019-2020-o'quv yilidan boshlab, ilk marotaba   pul`monologiya mutaxassisligi buyicha 3 ta magistr va 1 ta klinik ordinator davlat granti asosida kabul kilindi.

 Karorga muvofik, barcha viloyatlarda Respublika Ixtisoslshtirilgan Ftiziatriya va Pul`monologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazining filiallarida pul`monologiya bo'limlari tashkil etilib,  yukori malakali mutaxassis pul`monologlar va zamonaviy tibbiy uskunalar bilan ta'minlandi.

Toshkent tibbiyot akademiyasida   «Ftiziatriya» va «Pulmonologiya» mutaxassisligi bo'yicha magistratura va klinik ordinaturada kadrlarni tayyorlash faqat davlat grantlari asosida amalga oshiriladi.  Hozirgi kunda pulmonlogiya yo'nalishi bo'yicha kafedrada 5 nafar magistr va 4 nafar klinik ordinator tahsil olmoqda.

Gulchehra MIRZAEVA,

Toshkent tibbiyot akademiyasi matbuot xizmati