17-sentabr kuni madrasalarda qabul imtihonlari bo‘lib o‘tadi

    Ta'lim 15 Sentabr 2020 836

    O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi o‘rta maxsus islom ta'lim muassasalarida qabul imtihonlari 17-sentabr kuni o‘tkazilishi ma'lum qilindi.

    Xususan, “Ko'kaldosh” va “Xadichai Kubro” o'rta maxsus islom ta'lim muassasasiga hujjat topshirgan abiturientlar uchun imtihonlar Toshkent shahar, Talabalar shaharchasida bo'lib o'tadi.

    Imtihonlar 17-sentabr kuni 1-smena bo‘yicha soat 08:00 da, 2-smena bo‘yicha 17:00 da boshlanadi. Abituriyentlardan test sinovlari o‘tkaziladigan hududlarga soat 1-smena bo‘yicha soat 06:00 da, 2-smena bo‘yicha 15:00 da pasport va DTM ruxsatnomasi bilan kelishlari talab etiladi.

    Eslatib o‘tamiz, mazkur hujjatlardan biri bo‘lmagan taqdirda, abituriyent test sinovlariga kiritilmaydi. Shuningdek, abituriyentning qaysi smenada test sinovlari topshirishi DTM ruxsatnomasida ko‘rsatib o‘tilgan.