17 yoshli bola o'zganing fotosuratlariga qayta ishlov berib, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatgani aniqlandi

    Qashqadaryo viloyati, Kitob tumanida yashovchi 29 yoshli (ayol) S.F. murojaat qilib, o'zining uyatli foto hamda video tasvirlari noma'lum shaxs tomonidan “Telegram” messenjerida tarqatib yuborganligini ma'lum qilgan.

    Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik boʻlinmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Toshkent shahri, Chilonzor tumanida yashovchi 17 yoshli Z.S. sodir etganligi aniqlandi.

    Unga koʻra, Z.S. “Telegram” messenjerida jabrlanuvchi (ayol) S.F.ning profilidan u joylashtirgan fotosuratlarini yuklab olib, ularga maxsus dasturlardan foydalanib ishlov berib, tarqatib yuborganligi maʼlum boʻldi.

    Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 141/3-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, Z.S.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda. Bu haqida Kiberxavfsizlik markazi xabar bermoqda.