Xususan, 6 iyun` kuni mamlakatimizning Qohiradagi elchixonasi Respublika maxsus komissiyasi va Misr hokimiyat organlari bilan kelishilgan holda “Al-Masriya” aviakompaniyasining charter reysini tashkil etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Ushbu reys bilan  Misrda vaqtincha bo'lib turgan 170 nafar o'zbekistonlik fuqaro hamda Toshkent va Qashqadaryo viloyatlarida investitsion loyihalarni amalga oshirish uchun jalb etilgan bir guruh xorijlik mutaxassislar mamlakatimizga uchib keldi.   

YUrtdoshlarimizni Qohira aeroportida elchixona xodimlari bilan birga O'zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining Misrdagi faollari kuzatib qo'ydi.   

Mazkur charter reysi yo'lovchilari orasida Misrda qiyin ahvolda qolganlar ham bor edi. Muhtoj fuqarolar o'zbekistonlik va misrlik tadbirkorlarning homiylik mablag'lari hisobiga aviachiptalar bilan ta'minlandi.

Vatandoshlarimiz Toshkentga uchib kelgach, ikki haftalik karantinga joylashtirildi.

Joriy yil 18 mart kuni ham O'zbekiston diplomatik vakolatxonasi tomonidan Qohira-Toshkent yo'nalishida birinchi charter reysi tashkil etilib, 181 nafar vatandoshimiz yurtga qaytarilgandi.