Unga koʻra, shaxs 18 yoshga toʻlgunga qadar sodir etgan jinoyati uchun jazoni oʻtab boʻlganidan soʻng undan sudlanganlik tamgʻasi olib tashlanadi. Faqat oʻta ogʻir jinoyat sodir etmagan boʻlsa.
Ushbu normani qonunchilikka kiritish nazarda tutilmoqda.
Bundan tashqari dastur loyihasida quyidagilar taklif etilyapti:
- bolalarni tazyiq va zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishda davlat organlarining vakolatlarini aniq belgilash;
- bolalarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holatlarining oldini olish, ularni aniqlash, ularga chek qoʻyish mexanizmini takomillashtirish;
- tazyiq va zoʻravonlikka uchragan bolalarga kompleks yordam koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish.