18 yoshli oʻzbekistonlik Qirgʻizistonda yoʻl transport hodisasiga uchradi

    Hodisa oqibatida haydovchi S.S. tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan.

    Fargʻona viloyat IIB ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan 18 yoshli bola mashinada jarlikka qulab vafot etgani haqidagi xabar oʻrganib chiqilganini maʼlum qildi.

    Maʼlum boʻlishicha, 2025-yil 21-iyul kuni Soʻx tumani, Lenbur mahallasida yashovchi 2007-yilda tugʻilgan S.S. “Neksiya-3” rusumli avtomashinani Qirgʻizistonning Batken viloyati Bujay ayili hududida boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yoʻqotgan va jarlikka agʻdarilib ketgan.

    Hodisa oqibatida haydovchi S.S. tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan.

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.