25-26-yanvar kunlari Rossiya Federatsiyasining «Enka inshaat ve sanayi anonim shirketi» qurilish kompaniyasida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Toshkent - Sankt - Peterburg hamda Toshkent - Qozon yoʻnalishi boʻyicha 187 nafar fuqarolar charter reys orqali joʻnab ketdi.

Ularning transport, ovqatlanish, patent va yashash xarajatlari, agarda ishchida kasallik aniqlansa, uning davolanishi ish beruvchi kompaniyalar tomonidan taʼminlanishi, shuningdek, oylik ish haqi oʻrtacha 40-50 ming rublni tashkil etishi belgilangan.

Yurtdoshlarimiz belgilangan epidemiologik talablar va karantin cheklovlariga rioya qilgan holda qurilish obyektlarida ish boshlaydi, deb xabar beradi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati.