Mazkur tadbirlar Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi, mamlakatimizning Tehrondagi elchixonasi, Investitsiya, sanoat va savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Xorazm viloyati va Toshkent shahri hokimligi hamda Eron Savdo-sanoat, konchilik va qishloq xoʻjaligi palatasi va Eron elchixonasi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda
Biznes-forumlarda ishtirok etish maqsadida Eron Savdo-sanoat, konchilik va qishloq xoʻjaligi palatasi prezidenti Samad Hasanzadeh boshchiligidagi 60 dan ziyod yirik va yetakchi kompaniyalar rahbarlari Oʻzbekistonga kelishi kutilmoqda.
Eron delegatsiyasi biznes-forumda ishtirok etish bilan bir qatorda mamlakatimizning tegishli vazirlik va idoralarida uchrashuvlar oʻtkazishni hamda erkin iqtisodiy sanoat zonalariga tashrif buyurishni rejalashtirgan.
Tadbir doirasida sanoat, innovatsiya, qishloq va suv xoʻjaligi, oziq-ovqat, baliqchilik, qurilish materiallari, dori-darmon va farmatsevtika, toʻqimachilik, logistika va muhandislik sohalaridagi istiqbolli loyihalar muhokama qilinadi.
Shuningdek, forum davomida Eron biznes doiralari vakillari va Xorazm viloyati hamda Toshkent shahri ishbilarmonlari oʻrtasida V2V formatdagi uchrashuvlar boʻlib oʻtadi.