2022-2023-o'quv yili uchun oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga kirish test sinovlari natijalariga ko'ra 190 375 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etildi. 

Shundan:

— 39 962 nafari — davlat granti;
— 150 413 nafari — to'lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan.

Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning ta'lim shakllari bo'yicha taqsimoti:

— Kunduzgi ta'lim shakli — 118 352 nafar;
— Sirtqi ta'lim shakli — 45 407 nafar;
— Kechki ta'lim shakli — 9 139 nafar;
— Masofaviy ta'lim shakli — 3 416 nafar.

Tanlov natijalariga ko'ra, davlat granti asosida o'rtacha ball — 121,2 ballni,  to'lov-kontrakt asosida o'rtacha ball — 95,9 ballni tashkil etdi.