Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yakkasaroy tuman boʻlimi tomonidan DXX va Toshkent shahar IIBB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.T. va boshqalar 1902-yilda ishlab chiqarilgan ogʻirligi 32,22 gram boʻlgan 1 dona “Nikolay-2” oltin tangasini 100 000 AQSH dollariga sotayotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Madaniy meros agentligining xulosasiga koʻra, ushbu oltin tanganing bugungi kundagi bahosi 1 mlrd soʻmni tashkil etgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.