Shundan kelib chiqib, Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan bu borada ham amaliy ishlar olib borilayapdi. Xususan, Qo‘mita va Navoiy viloyati  Ekologiya boshqarmasi mas’ullari Karmana tumani hududida joylashgan “Zarafshon grand bog‘lari” MCHJning  ko‘chat yetishtirish faoliyati bilan tanishdi.

O‘rganishlar davomida ma’lum qilinishicha, 2023 yil bahor mavsumida “Zarafshon grand bog‘lari” MCHJ  hududi yer maydoniga 2 500 000 rayhon va yalpiz ko‘chatlari yetishtirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ayni paytda issiqxonalarda ishlar olib borilmoqda.