Karmana tumanidan yer maydoni olib berishni vaʼda qilgan ustamon qoʻlga olindi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tadbirda, fuqaro J.K. (muqaddam sudlangan) fuqaro F.S.ning ishonchiga kirib, unga Karmana tumani hududidan 14 000 AQSH dollari evaziga 2 gektar yer maydonini auksion savdolari orqali yutib olib berishini aytib, shundan 2 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.