Samarqand viloyatida ham bu borada maxsus shtab faoliyati yo‘lga qo‘yilib 24 soat davomida aholiga xizmat ko‘rsatmoqda.
Olib borilayotgan profilaktik tadbirlarga qaramasdan joriy yil 12-dekabr kuni Samarqand viloyati IIB TQX JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi, DXX viloyati boshqarmasi, viloyat prokuraturasi, Departamentning viloyat boshqarmasi va “O‘ZENERGOINSPEKSIYA” viloyat boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, 1990-yilda tug‘ilgan X.A. Pastdarg‘om tumani Kamolot mahallasida joylashgan noturar bino yerto‘lasida elektr tarmog‘iga yashirin ravishda ulangan holda 25 dona mayning uskunasini o‘rnatib, noqonuniy ravishda davlat va jamiyat manfaatiga 2 mlrd. 237 mln. so‘m zarar yetkazganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Bu kabi noqonuniy faoliyatlarga chek qo‘yish borasidagi tadbirlar davom etmoqda.