Xususan, tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga:
- sertifikati bor koʻchatlarni sotib olish xarajatining yarmi byudjetdan qoplab beriladi;
- mevaning turiga qarab, “shpaler”lar uchun 20 ming soʻmdan 70 ming soʻmgacha subsidiya ajratiladi;
- tomorqasiga tomchilab sugʻorishni joriy qilganlarga har 1 sotix uchun 160 ming soʻm kompensatsiya toʻlanadi.
Agar usta dehqonlar mahalladagi har 10 ta xonadonda eksportbop mahsulot yetishtirishni yoʻlga qoʻysa, 2 million soʻm, buni tomorqasi bor xonadonlarning kamida 30 foizida qilsa, yana 75 million soʻmdan mukofot oladi.
Joriy yil 2 ming gektar oʻrmon yeri 4 ming kambagʻal oilaga 50 sotixdan tutzor qilish uchun 10-yilga bepul beriladi. Bunda pilla kooperativini tuzish uchun ehtiyojmand oilalarga 4 million soʻmdan subsidiya ajratiladi.
Bundan tashqari, uyida pilla yetishtirish istagidagi ehtiyojmand oilalarga xonani jihozlash va uskuna olish uchun 20 million soʻmgacha foizsiz ssuda beriladi.