2 ta “Afrosiyob” zamonaviy poyezdida internet tizimi ish boshladi

    Transport 16 Sentabr 2021 853

    Endilikda “Afrosiyob” poyezdlarida yoʻlovchilar nafaqat Respublikamiz, shu bilan birga jahon yangiliklari va oʻzgarishlar haqida maʼlumotlardan xabardor boʻlib borish imkoniyatiga ega boʻladi.

    Bugundan boshlab bu tizim “Toshkent-Buxoro” yoʻnalishida harakatlanadigan 762-sonli hamda “Toshkent-Qarshi” yoʻnalishida harakatlanadigan 760-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poyezdlarida ishga tushirildi, deya xabar beradi “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ axborot xizmati.

    Joriy yil 21-sentyabrdan boshlab, 766-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poyezdida ham internet tizimi yoʻlga qoʻyiladi.

    Bu tizim bosqichma-bosqich amalga oshirilib, yaqin kunlarda qolgan 2 ta “Afrosiyob” zamonaviy poyezdlarida ham ishga tushirish koʻzda tutilgan.