Unga ko'ra, 2020 yil 1 iyundan 1 sentyabrgacha quyidagilar mol-mulk va er solig'i to'lashdan ozod etiladi:
- kichik tadbirkorlik sub'ektlari;
- bozorlar va savdo majmualari;
- kinoteatrlar;
- umumiy ovqatlanish joylari;
- jamoat transportlari tashkilotlari;
- sport-sog'lomlashtirish muassasalari;
- shuningdek, yo'lovchilarni tashish, maishiy xizmat ko'rsatish, yopiq joylarni ijaraga berish, shu jumladan banketlar tashkil etish bilan shug'ullanadigan yuridik shaxslar.
SHuningdek, kichik tadbirkorlik sub'ektlariga 2020 yil 9 martdagi PF-5969-son va 2020 yil 3 apreldagi PF-5978-sonli Farmonlarga muvofiq, aprel`-may oylari uchun taqdim etilgan, mol-mulk va er solig'ining foizsiz kechiktirish (bo'lib-bo'lib to'lash) summalaridan; 2020 yil 1 yanvardan boshlab 2020 yil 15 maygacha bo'lgan muddatda er va mol-mulk solig'i bo'yicha hisoblangan penya va jarimalardan voz kechiladi.
Tadbirkorlar uchun tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni)ni olib kirishda (import) qo'shilgan qiymat solig'ini to'lashni 120 kungacha echiktirish huquqi beriladi.
2020 yil 1 maydan 1 iyulgacha mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun ijtimoiy soliq stavkasi 12 foizdan 1 foizgacha pasaytiriladi.
Ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo'lgan davlat korxonalari va yuridik shaxslar bundan mustasno.