2020-yilda sogʻligʻi boʻyicha muddatli harbiy xizmatdan qaytarilganlar soni ikki barobarga kamaydi

    Harbiy-tibbiy komissiyaning joriy etilishi natijasida 2020-yilda harbiy qismlarga muddatli harbiy xizmatga yuborilgan muddatli harbiy xizmatchilar orasidan sogʻligʻi boʻyicha harbiy xizmatdan qaytarilganlar soni ikki barobarga kamaydi. (2019-yil chaqiruvida qaytarilganlar soni 94 nafar boʻlsa, 2020-yilda 41 nafarni tashkil qildi.

    Bu haqda AOKAdagi matbuot anjumanida Mudofaa vazirligi mutasaddilari maʼlum qildi:

    «Yoshlarni muddatli harbiy xizmatga saralab olish, harbiy komandalarga tayinlash tadbirlari Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy gvardiya, Chegara qoʻshinlari vakillaridan iborat Butlash komissiyalari hamda Rahbariyat kengashlari, shuningdek tibbiy koʻrikdan oʻtkazish ishlari Qurolli Kuchlar tizimida ilk bor harbiy gospital harbiy shifokorlari tomonidan oʻtkazilmoqda.

    Harbiy-tibbiy komissiyaning joriy etilishi natijasida 2020-yilda harbiy qismlarga muddatli harbiy xizmatga yuborilgan muddatli harbiy xizmatchilar orasidan sogʻligʻi boʻyicha harbiy xizmatdan qaytarilganlar soni ikki barobarga kamaydi. (2019-yil chaqiruvida qaytarilganlar soni 94 nafar boʻlsa, 2020-yilda 41 nafarni tashkil qildi)».